Foto: Reuters
COVID-19 koronavirusi jonsiz buyumlardan ham yuqishi mumkin, lekin asosan odamdan odamga havo tomchi yo‘li orqali o‘tmoqda. Bu haqda Jenevada o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sohadagi favqulodda holatlar bo‘yicha dasturlar direktori Maykl Rayan ma’lum qildi, deb yozmoqda «RIA Novosti».
«Ayni vaqtda virusning jonsiz buyumlardan ham odamga yuqishi mumkinligi haqida juda ko‘p maqolalar chop etilmoqda. Singapurda koronavirus yuqtirib olishning 6 foizi vafot etgan odamlardan o‘tgani aytilgandi. Bu borada olimlar bilan bahslashmoqchi emasman, biroq boshqa tomondan olib qaraganda 94 foiz holatlarda infeksiya odamdan odamga yuqadi. Shuning uchun epidemiya qo‘zg‘atuvchisi qanday ekaniga e’tibor qaratish lozim. Virusning kasallik alomati bo‘lmagan insonlardan boshqa kishilarga yuqish holatlarining ehtimoli har doim mavjud bo‘lgan. Ammo ushbu holatda biz pandemiya qo‘zg‘atuvchisi aksa urish yoki yo‘tal, shuningdek, beixtiyor atrof-muhitga virus tushirish deb hisoblaymiz», – degan u.
Rayanning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda JSST ekspertlar guruhi sog‘lom odamlar tomonidan niqoblardan foydalanishning samarasiga baho bermoqda. Biroq shifokorlar va tibbiyot xodimlarining jarrohlik hamda maxsus niqoblarda bo‘lishi COVID-19’ga qarshi kurashning asosiy jihati bo‘lib qoladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasining dunyo bo‘ylab tarqalishi pandemiya darajasiga yetganini e’lon qildi. 3 aprel holatiga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni milliondan oshib ketgan, 50 ming nafardan ko‘proq kishi infeksiya oqibatida vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi