2 460
Berlin AQSHni Germaniyaga mo‘ljallangan niqoblarni qaroqchilarcha egallab olishda aybladi
Musodara qilingan niqoblar / Foto: Getty Images
Donald Tramp Koreya urushi davrida qabul qilingan qonundan foydalanib, ushbu niqoblarni ishlab chiqaruvchi AQSHning 3M korporatsiyasiga o‘z tibbiy mahsulotlarini boshqa davlatlarga eksport qilishini taqiqlagan.
Berlin hukumati Germaniyaga mo‘ljallangan 200 ming dona tibbiy niqob Amerikaga jo‘natilganidan so‘ng AQSHni "zamonaviy qaroqchilik"da aybladi.
Berlin ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Andreas Gizelning so‘zlariga ko‘ra, Berlin politsiyasi uchun mo‘ljallangan Amerikada ishlab chiqarilgan FFP2 tibbiy niqoblari Bangkokda musodara qilingan va AQSHga jo‘natib yuborilgan.
Andreas Gizel Berlinga mo‘ljallangan niqoblarning egallab olinishi "zamonaviy qaroqchilik" ekanligini ta’kidladi va Tramp ma’muriyatini xalqaro savdo qoidalariga rioya qilishga chaqirdi.
"Transatlantikaviy hamkorlarga nisbatan bunday qilinmaydi. Hattoki global inqiroz davrida ham Yovvoyi G‘arb uslubini qo‘llash mumkin emas", dedi u.
Donald Tramp Koreya urushi davrida qabul qilingan qonundan foydalanib, ushbu niqoblarni ishlab chiqaruvchi AQSHning 3M korporatsiyasiga o‘z tibbiy mahsulotlarini boshqa davlatlarga eksport qilishini taqiqlagan.
"Bu mahsulotlar ichki iste’molimiz uchun zudlik bilan zarur. Biz ularni olishimiz shart", - dedi Tramp.
Yevropadagi boshqa mamlakatlarning vakillari ham amerikaliklarning tajovuzkorona xaridlaridan norozi bo‘lmoqda.
Masalan, Fransiyadagi regional rahbarlar amerikaliklar tibbiy mahsulotlarni shundoqqina ularning burni ostidan sotib olib ketayotganidan shikoyat qilmoqda.
"Men niqoblar partiyasini topdim, ammo amerikaliklar, men Amerika hukumati haqida gapirmayapman, amerikaliklar uch baravar qimmat narx taklif qilishdi va buning ustiga, oldindan pul to‘lashga tayyorligini aytishdi", - deydi Il-de-Frans regional kengashi rahbari Valeri Pekresse.
3M kompaniyasi oyiga 100 mln donaga yaqin N95 respiratorlarini ishlab chiqaradi, ularning qariyb uchdan bir qismi AQSHda, qolgan qismi esa boshqa mamlakatlarda tayyorlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi