Foto: Twitter
Boks bo‘yicha beshta vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Floyd Meyvezerning qizi Iyanna Meyvezer qurol bilan tahdid qilishda ayblanib hibsga olindi. TMZ nashrining xabar qilishicha, qiz hujum paytida inson hayotiga xavf soluvchi qurol ishlatgan.
Ta’kidlanishicha, 19 yoshli Iyanna reper NBA YoungBoy'ning yoqtirgan qizi Lapattra Lasha Jeykobs bilan uning uyida janjallashib qolgan. Janjal oshxonada davom etgan va Meyvezer Jeykobsga pichoq sanchgan, biroq jabrlanuvchi og‘riq sezmagan. Shundan keyin Iyanna boshqa pichoq bilan ikkinchi zarbani bergan.
Politsiya yetib kelgan vaqtda Jeykobs polda yotgan bo‘lgan. U shifoxonaga yetkazilgan, hozirda jabrlanuvchining holati haqida ma’lumot yo‘q. Iyanna Meyvezer esa Harris okrugi qamoqxonasida saqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Iyanna onasidan ayrilgandi. Floyd Meyvezer farzandlarining onasi o‘z avtomobilida o‘lik holda topilgandi. Shuningdek mart oyida Floydning amakisi Rojer Meyvezer ham vafot etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi