Foto: Reuters
Eronda Ukraina aviakompaniyasining Tehron yaqinida urib tushirilgan yo‘lovchi samolyoti uchun hech kim hibsga olinmaydi. Buni Eron parlamentining qonunchilik va adliya masalalari bo‘yicha komissiyasi a’zosi Hasan Navro‘ziy ma’lum qildi.
8 yanvarda Eron havo hujumidan mudofaa kuchlari Tehron aeroporti yaqinida “Ukraina xalqaro avialiniyalari” aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyotini yanglish tarzda urib tushirgan. Buning oqibatida Tehron-Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha uchgan samolyotdagi barcha 176 kishi, jumladan ekipajning 9 a’zosi halok bo‘lgan.
“Harbiylar o‘z vazifalarini yaxshi bajarganlar. Samolyot harakatlanishi juda shubhali bo‘lgan”, deb aytgan Navro‘ziy.
Deputat samolyot go‘yoki “dispetcherlik minorasi emas, balki Amerika nazorati ostida bo‘lganini”, samolyot hujumgacha Isroilda bo‘lgani va u yerda “uning xavfsizlik tizimiga buzib kirilib, boshqaruvi egallab olingani”ni aytgan.
“Samolyotda Erondagi maxsus nishonlar o‘rnatilgan bo‘lgan. Samolyot boshqa davlatlar tomonidan nazorat qilingani hisobga olinsa, harbiylarimiz o‘z vazifalarini yaxshi uddalaganlar. Bu isbotlarni hisobga olib, voqeaga aloqadorlarni hibsga olish bema’no bo‘lardi”, deb qo‘shimcha qilgan deputat.
Navro‘ziy aviahalokatga aloqadorlar hibsga olinmasligini ta’kidlab o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi