08:50 / 07.04.2020
2 416

Boris Jonsonning ahvoli og‘irlashdi. U intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazilgan

Boris Jonsonning ahvoli og‘irlashdi. U intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazilgan
Foto: EPA/Vostock-photo
Jonson virus yuqtirib olgani 27 mart kuni ma’lum bo‘lgan, 5 aprel kuni Londondagi Sent Tomas kasalxonasiga yotqizilgan edi.
Bosh vazir ofisidan ma’lum qilishlaricha, 6 aprel kuni tushdan keyin uning holati yomonlashgan va intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazilgan.

«Bosh vazir mamlakatning birinchi vaziri – Tashqi ishlar vaziri Dominik Raabdan zarur hollarda uning o‘rnini egallashni so‘radi», – deyiladi rasmiy xabarda.
The Guardian`ning qayd etishicha, Boris Jonson o‘zini yo‘qotib qo‘yadigan ahvolda emas va shifokorlarning qarori unga tezkor sun’iy nafas oldirish zarurati tug‘ilishi ehtimoli bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya hukumati rahbarining kasalxonaga yotqizilishi unda koronavirus aniqlanganidan keyin 10 kun o‘tgan bo‘lsa ham, kasallik alomatlari yo‘qolmagani bilan izohlangan edi.
Dushanba kuni Birlashgan Qirollikda koronavirus yuqtirib olganlar soni 50 mingdan oshdi. Bor-yo‘g‘i 135 kishi sog‘aygan, qurbonlar esa 5300dan ortiq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Boris Jonsonning ahvoli og‘irlashdi. U intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazilgan