08:26 / 07.04.2020
1 961

Amerikalik xonanda Mayli Sayrus va uning turmush o‘rtog‘i shifokorlarga bepul tushlik tarqatdi

Amerikalik xonanda Mayli Sayrus va uning turmush o‘rtog‘i shifokorlarga bepul tushlik tarqatdi
Amerikalik qo‘shiqchi Mayli Sayrus va uning turmush o‘rtog‘i Kodi Simpson 5 aprel, yakshanba kuni, Los-Anjelesdagi shifoxonalarning biridagi tibbiyot xodimlariga bepul tushlik tarqatdi. Bu haqda Kodi Simpson o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Instagram/@codysimpson
Qayd etilishicha, yulduzlar shifokorlarning fidokorona faoliyatiga minnatdorchilik sifatida «Ko‘magingiz uchun rahmat, kuchli bo‘lib qoling», deb yozilgan 120 o‘ram taomlarni shaxsan o‘zi topshirgan.

«Mahalliy shifoxona shifokorlari uchun tako (meksika oshxonasi taomi)! Shifokorlar — o‘z hayotini pandemiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlagan zamonamiz qahramonlari. Buning uchun ulardan cheksiz minnatdormiz», — deb yozib qoldirgan Kodi Instagram’dagi sahifasida.

Koronavirusga qarshi kurashda tibbiyot xodimlari jonbozlik ko‘rsatayotgani butun dunyoda e’tirof etilmoqda. Davlat rahbarlari, qirol oilasi vakillari va mashhurlar tibbiyot xodimlarining bunday vaziyatdagi jasoratini olqishlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik xonanda Mayli Sayrus va uning turmush o‘rtog‘i shifokorlarga bepul tushlik tarqatdi