© Aleksey Nikolskiy/RF prezidenti matbuot xizmati/TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonga salomatlik tilab telegramma yubordi. Telegramma matni Kreml rasmiy saytida keltirilgan.
«Hurmatli janob bosh vazir, murakkab bo‘lgan hozirgi kunlarda sizni qo‘llab-quvvatlashimni bildirmoqchiman. Ishonchim komil, sizdagi energiya, optimizm va hazilkashlik kasallikni yengadi. Chin dildan tezda va butkul sog‘ayishingizni tilayman. Hurmat bilan Vladimir Putin», deyilgan telegrammada.
27 mart kuni Boris Jonsonda koronavirus aniqlangan va bu haqda uning o‘zi xabar qilgandi. 10 kun davomida kasallik alomatlari ortda qolmagach, 6 aprel kuni Jonson kasalxonaga yotqizildi va u ayni damda intensiv davolash bo‘limida muolaja olmoqda.
O‘z navbatida Vladimir Putin ham 1 apreldan masofadan ishlashga o‘tgan. 31 mart kuni oldinroq u bilan uchrashgan Moskvadagi kasalxona bosh shifokori Denis Protsenkoda koronavirus aniqlangandi.
Mart oyi o‘rtalarida Yevropa qit’asidagi qator davlatlar koronavirus tufayli qat’iy karantin choralari e’lon qila boshlaganida, Jonsonni Buyuk Britaniyada bunday choralar ko‘rishga shoshilmaslikda ayblab tanqid qilishgandi. Keyinroq bosh vazir Britaniyada ham karantin choralari joriy etishga majbur bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi