Foto: Inc.
Visa to‘lov tizimining jamg‘armasi Visa Foundation butun dunyoda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 200 million dollarlik dastur ish boshlaganini ma’lum qildi. Bu mablag‘ning uchdan bir qismi ayol tadbirkorlarga yordam berish uchun sarflanadi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.
Dastur dunyo bo‘ylab kichik va mikrobiznesni qo‘llab-quvvatlaydigan notijorat tashkilotlarga beriladigan 200 million dollar yordamni o‘z ichiga oladi. Ushbu mablag‘ning qariyb 60 million dollari tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladi. Shuningdek, Visa Foundation kichik va mikrobiznesni qo‘llab-quvvatlaydigan investitsion sheriklarga 140 million dollar beradi.
«Mahalliy korxonalar bilan ishlaydigan global kompaniya sifatida biz yordamga ehtiyoj borligini yaxshi tushunamiz. Biz iqtisodiyotning uzoq muddatli tiklanishiga yordam beramiz va iqtisodiy faoliyatni jadallashtirish yo‘llarini izlashda davom etamiz», — dedi Visa’ning bosh direktor va raisi El Kelli.
Visa’ning bayonotida ta’kidlanishicha, kichik va mikrobiznes global iqtisodiyotning asosi hisoblanadi. Ular dunyo bo‘ylab korxonalarning 90 foizdan ortig‘ini va global bandlikning 50-60 foizini tashkil etadi.
Avvalroq ba’zi G‘arb mamlakatlari hukumatlari kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lum qilgan. AQSH hukumati koronavirus sababli faoliyati to‘xtagan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 350 milliard dollar ajratishga qaror qildi va prezident Donald Tramp agar mablag‘ yetmasa, yana ko‘proq berishga tayyorligini aytdi. Buyuk Britaniya hukumati kompaniyalarning ish haqi bo‘yicha xarajatlarining 80 foizini, Daniya hukumati esa 90 foizini qoplaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi