Foto: Visegrad 24
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko sog‘liqni saqlash vaziri Vladimir Karanik bilan birga koronavirus pandemiyasi vaqtida zarurat bo‘lsa, odamlarni davolashga tayyorligini aytdi.
Lukashenkoning rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, Belarus prezidenti 7 aprelda respublika sog‘liqni saqlash tizimining koronavirus tarqalishi xavfiga qarshi kurashishga tayyorligi haqidagi hisobotni tinglagan. Lukashenko bu mavzu atrofida shov-shuv ko‘tarmaslikni, biroq zarurat bo‘lsa o‘zi ham shifokorlarga yordam berishga tayyorligini aytgan.
“Agar siz uchun biror-bir narsa qilolsam, iltimos ayting. Men vazirga ham aytgandim: Vladimir Stepanovich, kerak bo‘lsa, sen bilan odamlarni davolashga boramiz. Men buni unga aytganman. U esa “hozircha hojat yo‘q”, deb javob qildi”, deb aytgan Belarus prezidenti.
Ayni vaqtda Lukashenko Belarusda karantin choralari kiritishga qarshi chiqmoqda.
Bu orada respublikada zudlik bilan karantin kiritish talab qilingan petitsiya 150 mingdan ko‘proq odam tomonidan imzolanib, JSSTga yuborilgan. Petitsiyada “virus jadal tarqalayotgan bir vaqtda odamlar ishga va o‘qishga qatnayotgani, falokatli oqibatlar oldini olish uchun barcha uyda qolishi lozimligi” aytilgan.
Ayni vaqtda Belarusda koronavirusga chalinganlar 861 nafarni, undan vafot etganlar 13 nafarni tashkil qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi