Foto: PTI
JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina uchun 20ta dori ko‘rib chiqilmoqda.
Dunyoda koronavirus pandemiyasi tugashini taxmin qilishga hali erta, bu mavzuni ikki haftadan keyin ko‘tarib chiqish mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ma’lum qildi.
"Bu haqda gapirishga hali erta. Hozirda turli mamlakatlarda tahlillar, modellashtirish o‘tkazilmoqda, yuqoriga harakatni sekinlashtirish kerak. Barchasi ko‘rilayotgan choralar va virus aholidan qanday o‘tishiga bog‘liq. Ehtimol, bu haqda ikki haftadan keyin gapirarmiz", - dedi Vuynovich.
JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi dorilar ustida klinik tadqiqotlar olib borilmoqda.
"Ayni paytda koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina uchun 20ta dori ko‘rib chiqilmoqda", - dedi u.
JSSTning ma’lumot berishicha, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 1,28 million kishiga yetgan, 72 mingdan ortiq kishi vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?