
Foto: Instagram/@pink
Koronavirusni yuqtirgan amerikalik xonanda va aktrisa Pink kasallikning uch yoshli o‘g‘li Jeymsonda qanday kechgani haqida so‘zlab berdi. Onlayn-suhbatni yozuvchi Jennifer Pastiloff o‘z Instagram sahifasida e’lon qildi.

«Biz juda ham yomon kasal bo‘ldik. Ayrim kunlari kechasi bilan yig‘lab chiqdim, hayotimda hech qachon bunday ko‘p duo qilmagandim», — deydi Pink.
U shuningdek, tuzalmaguncha, ya’ni uch hafta davomida kasallikning qanday kechayotgani haqida kundalik yuritgan.
«Haligacha uning tana harorati 37,7 darajadan tushmayapti», — deydi xonanda.
Pinkning qo‘shimcha qilishicha, to‘rt oila a’zosidan faqat u va o‘g‘li virusni yuqtirib olgan.
«Birinchi marta hayotimizda hech kim qochib qutula olmaydigan bunday holat kuzatilmoqda. Bu butun dunyoda kuzatilmoqda. Hech qayerga yashirinib bo‘lmaydi», — deydi Pink.
Efir davomida xonanda to‘liq sog‘ayganini ma’lum qilgan.
Pink’da koronavirus aniqlanganidan keyin uning oilasi ikki haftaga izolyatsiya qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar