
Foto: «Medicalxpress.com»
Ogayo shtat universiteti xodimi Sanja Ilich koronavirusning oziq-ovqat orqali yuqishi haqidagi mish-mishni inkor etmoqda, deb yozadi «MedicalXpress»ga tayanib "Xabar" nashri.
«Koronavirus oshqozon-ichak kasalligi hisoblanmaydi, COVID-19 infeksiyasi oziq-ovqatda ko‘paymaydi», — deydi olim. Shuningdek, u viruslar yuzada ko‘paymasligini, ular tirik organizmga ehtiyoj sezishini ta’kidlagan.
Lekin mutaxassis koronavirusni supermarketda yuqtirib olish mumkinligidan ogohlantirgan. Buning oldini olish uchun Sanja ikki metrli ijtimoiy masofa saqlashni hamda antiseptik bilan qo‘llarga tez-tez ishlov berib turishni tavsiya etadi. Xarid qilingan meva-sabzavotlarni albatta yaxshilab yuvish kerak.
Ekspertning ta’kidlashicha, do‘konlardan oziq-ovqat yetkazib berishdan xavotirlanish ortiqcha. Uning aytishicha, bugungi kunga qadar restoran yoki do‘konlardan oziq-ovqat yetkazib berish xizmati orqali koronavirus yuqish hollari aniqlanmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar