
Foto: Shutterstock
Olimlar yangi virusli kasalliklar paydo bo‘lishini yovvoyi tabiatning insoniyat tomonidan yo‘q qilinishi bilan bog‘lashdi.
Bu haqda Royal Society Publishing nashridagi tadqiqotda aytilgan.
Maqolada aytilishicha, viruslar birinchi navbatda hayvonlarga hujum qiladi, biroq ular ko‘pincha mutatsiya qilib, inson organizmida yashashga moslasha oladi.
Olimlarning aniqlashicha, yangi xavfli viruslarning paydo bo‘lishi ov qilish, jonzotlar yashash muhitining degradatsiyasi (zavol topishi) va urbanlashtirish sababli hayvonlarning majburiy ko‘chishi oqibatida yuz berar ekan.
Olimlar epidemiya ko‘pincha sut emizuvchilar orqali tarqalishini aniqlashgan. Xususan, uy chorvasi yovvoyi tabiat vakillariga qaraganda odam bilan 8 marta ko‘proq virus bo‘lishadi. Olimlar hayvonlardan odamlarga o‘tuvchi infeksiyalarning an’anaviy tashuvchilari ko‘rshapalaklar, kemiruvchilar va maymunsimonlar ham bo‘lishini aytishgan.
Urbanlashtirish va inson faoliyati sayyoramizda jonzotlar turlarining kamayishiga olib kelgan bo‘lsa-da, ba’zi turlar juda ko‘payib ketgan. Jumladan, inson faoliyatiga yaxshi moslasha olgan ko‘rshapalaklar bunga misol bo‘la oladi.
“Biz yovvoyi jonzotlar bilan birgalikda xavfsiz yashash yo‘llarini topishimiz kerak, chunki ulardan zararlanish xavfi mavjud”, deb aytgan Kaliforniya universiteti xodimi, epidemiolog Kristina Jonson.
Mart oyida amerikalik olimlar pangolinlar koronavirusning ko‘rshapalaklardan odamlarga o‘tishida oraliq jonzotlar bo‘lganini ma’lum qilishgan. Mutaxassislar kasal pangolinlar o‘pkalarida topilgan viruslar genomlarini o‘rganishdan keyin shunday xulosaga kelishgan.
Yangi ViruslarYovvoyi TabiatEpidemiya TarqalishiInson FaoliyatiUrbanlashtirish TahliliHayvonlar Ko‘chishi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar