Foto: RBK
Koreya Respublikasida 91 kishi koronavirus bilan qayta kasallandi — bu haqda Koreya kasalliklarni nazorat qilish markazi direktori Chong Yun Konga asoslanib «Reuters» xabar berdi.
Janob Chongning taxminicha, bemorlar kasallikni qayta yuqtirishmagan, balki virusning «reaktivatsiyasi» (qayta faollashishi) yuz bergan bo‘lishi mumkin.
«Bu raqamlar oshishi mumkin, 91 — bu boshlanishi», — qo‘shimcha qildi Koreya universiteti qoshidagi Guro shifoxonasi yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi Kim Vu-Ju.
Ushbu tendensiya ortida nima yashiringani mutaxassislarga qorong‘u. Epidemiologik o‘rganishlar davom etmoqda.
Ma’lumot uchun: Janubiy Koreyada COVID-19dan tuzalib ketganlar 7000 nafar atrofida. O‘n mingdan ortiq koreyalik kasallikni yuqtirgan edi, shulardan 211 nafari vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi