
"Rostov" klubi himoyachisi Dmitriy Chistyakov koronavirus tufayli nikoh to‘yini bekor qildi.
“Mening to‘yim 19 may kuniga belgilangan edi. Biz allaqachon hammasini rejalashtirib, to‘lovlarni amalga oshirib qo‘ygandik. Ota-onalarimizga ham chiptalar xarid qilgandik. Keyin esa bu yerda pandemiya boshlandi. So‘ngra to‘yni bekor qilishga qaror qildik. Taxminlarga ko‘ra, may oyida vaziyat yanada og‘irlashishi mumkin. Nima ham derdik, keyingi safar o‘ynaymiz”, - deydi futbolchi.
Chistyakov joriy mavsum “Rostov” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar