
Foto: Reuters
11 aprel kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Belarus hukumatini ommaviy tadbirlarni bekor qilish, koronavirusga chalinganlar hamda ular bilan muloqotda bo‘lganlar uchun karantin joriy etishga chaqirdi.
Belarus sog‘liqni saqlash vaziri Vladimir Karanik karantin bemorlarni qabul qilishni uddalay olmay qolgan tibbiyot tizimiga yordam berishga qaratilgan so‘nggi chora ekanligini aytdi. Bu haqda Tut.by yozmoqda.
«Gigiyena tavsiyalariga rioya qilish, ijtimoiy muloqotlarni kamaytirish kasallik o‘sishini to‘xtatishga yordam bermoqda», — dedi Karanik.
«Karantin joriy etish uchun sutka davomida bemorlar soni qancha miqdorda bo‘lishi borasida aniq ko‘rsatkich belgilanmagan. Ortiqcha cheklovlarsiz ijtimoiy masofalanishni ta’minlay olsak, shuning o‘zi yetadi», — dedi Karanik.
11 aprel kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Belarus hukumatini ommaviy tadbirlarni bekor qilish, koronavirusga chalinganlar hamda ular bilan muloqotda bo‘lganlar uchun karantin joriy etishga chaqirdi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Belarusda 2226 kishi koronavirus yuqtirgan, 23 kishi vafot etdi, 172 kishi sog‘aydi.
BelarusKoronavirusKarantin JoriySog‘liqni SaqlashOmmaviy TadbirlarIjtimoiy Muloqot O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar