Foto: Reuters
AQSH koronavirus infeksiyasidan o‘limlar darajasi bo‘yicha Italiyani ortda qoldirdi va dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi. Bu haqda pandemiya to‘g‘risida real vaqt rejimida statistik ma’lumotlar beruvchi Jons Hopkins universiteti ma’lumotlari darak bermoqda.
11 aprel soat 23.30 holatiga ko‘ra, AQSHda 19 882 kishi, Italiyada esa 19468 kishi vafot etgan.
Avvalroq AQSHda pandemiya boshlanganidan buyon eng yuqori o‘lim darajasi qayd etilgandi - bir sutkada 2 mingdan ortiq kishi. Eng ko‘p o‘lim holatlari Nyu-York, Michigan, Illinoys va Nyu-Jersi shtatlarida yuz bergan.
Koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha ham AQSH yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda 514 mingdan ortiq kishida ushbu kasallik aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda Ispaniya (161 mingdan ortiq.), uchinchi o‘rinda esa Italiya (152 mingdan ortiq) turibdi.
Kecha birgina Nyu-York shtatidagi koronavirusga chalinganlar soni Ispaniyadagidan ham oshib ketgani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi