
Foto: «RBK»
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bir qator ingushetiyaliklarni so‘kkani uchun ulardan uzr so‘radi. U Checheniston va Ingushetiya chegaralari to‘g‘risidagi kelishuvni tanqid qilgan ingushlarni so‘kkan. Qodirov «Chechnya segodnya» nashriga bergan intervyusida o‘shanda noto‘g‘ri ish qilganini tan olgan va so‘zlari uchun uzr so‘ragan. Bu haqda «RBK»ga tayanib Daryo xabar berdi.
«Haqiqiy ingush hech qachon o‘zining qardoshi chechenga yomon so‘z aytmaydi, chechen ham haqiqiy ingushga bunday ish qilmaydi. Bu o‘rinda men o‘z so‘zlarim uchun uzr so‘rashim kerak», — degan Qodirov o‘z intervyusida.
Ramzan Qodirovning aniqlik kiritishicha, u uzrni chechen va ingush xalqi o‘rtasida janjal chiqarmoqchi bo‘layotganlardan emas, balki hurmatli kishilardan so‘raydi.
Qodirovning aytishicha, u so‘kingan paytda hissiyotga berilgan va so‘kinganini o‘zi ham bilmagan. Bu haqda keyinroq matbuot orqali bilgan.
Qayd etilishicha, voqea Instagram’dagi jonli efir vaqtida yuz bergan. Efir vaqtida Qodirov 2018 yilda chechen-ingush ma’muriy chegaralarining belgilanishi haqidagi qarorni tanqid qilganlarga javob bergan va ularni so‘kkan.
Ikki hudud o‘rtasidagi chegara bo‘yicha nizolar Sobiq ittifoq qulagandan keyin yuzaga kelgan, chunki respublikalar o‘rtasidagi chegara aniq belgilanmagan edi, ular yagona Chechen-Ingush avtonom respublikasi tarkibiga kirgan. 1990 yillarning oxirida Ingushetiya va Checheniston o‘rtasida hududiy bahslar boshlangan va ular Sunjen va Malgobek tumanlariga taalluqli bo‘lgan.
2018 yilning sentabr oyida hududlar rahbarlari Ramzan Qodirov va Yunusbek Yovqurov kelishib oldi va ikki hudud o‘rtasidagi chegara haqidagi kelishuvni imzoladi. Shundan so‘ng, Ingushetiyada mazkur kelishuvga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Chegara haqidagi qarorni referendum yordamida hal qilishga urinishlar bo‘ldi, biroq respublika saylov komissiyasi arizani rad etgan. 2019 yilning iyun oyida Yovqurov respublika rahbarligidan ketdi, keyinroq Rossiya konstitutsion sudi chegara haqidagi qarorni qonuniy deb topdi.
2019 yilning 16 avgust kuni Ingushetiya Oliy sudi Ingushetiya va Checheniston o‘rtasida ma’muriy chegaralar o‘rnatilishining qonuniyligini tasdiqladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar