date
views 3 364

Istanbuldagi norozilik namoyishi: Ozarbayjon fuqarolari og‘ir ahvolda

Istanbuldagi norozilik namoyishi: Ozarbayjon fuqarolari og‘ir ahvolda
Ozarbayjon fuqarolari Istanbuldagi Ozarbayjon konsulligi oldida norozilik namoyishi o‘tkazdi.
Gap shundaki, Turkiyada koronavirus tufayli karantin rejimi e’lon qilinganidan so‘ng, ushbu mamlakatda ishlayotgan ko‘plab ozarbayjonliklar o‘z daromadlarini yo‘qotishdi.

Agar aksariyat davlatlar o‘z fuqarolarini o‘z vatanlariga qaytarishga harakat qilsalar, Ozarbayjon nafaqat o‘z fuqarolariga chegaralarini yopib qo‘ydigina emas, balki ularning yashash joylarida zarur yordam ham ko‘rsatmayapti.

Namoyishchilardan birining aytishicha, ko‘plab shikoyatlardan so‘ng, yordam uchun SOCAR 200 turk lirasi ajratgan, ammo bu juda oz va u turar joy uchun pul to‘lashga yetmaydi. Bu Turkiyadagi ozarbayjonlar uchun eng muhim bo‘lgan masala. SOCAR – bu davlat neft kompaniyasi.

Ozarbayjon elchixonasi vatandoshlarga yordam berish ustida ish olib borayotganliklarini bildirdi.
Elchixona vakilining so‘zlariga ko‘ra, ijaraga berilgan uy-joy uchun pul kimga to‘lanishi haqida qisqa vaqt ichida qaror qabul qilinadi. Pul birinchi navbatda talabalar va vaqtincha istiqomat qiluvchi Ozarbayjon fuqarolariga beriladi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi vakili Leyla Abdullayeva Turan agentligiga bergan intervyusida chet eldagi fuqarolarga yordam bosqichma-bosqich taqdim etilishini aytdi.

Ozarbayjonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari fuqarolarning murojaatlarini qabul qilib, ularni o‘z ma’lumotlar bazalariga kiritmoqda va shu bilan birga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Operativ shtabga ma’lumot yuboradigan TIVga jo‘natadi.

"Agar biz turar joy uchun ijara haqini to‘lash haqida gapiradigan bo‘lsak, kvartiralarning egalariga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyat o‘rganilmoqda. Barcha pul o‘tkazmalarini qisqa vaqt ichida amalga oshirish mumkin emas. Ammo ko‘plarga yordam berildi va ish davom etmoqda», – dedi Abdullayeva.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbuldagi norozilik namoyishi: Ozarbayjon fuqarolari og‘ir ahvolda