
Foto: REUTERS
Janubiy Koreyada koronavirusdan sog‘aygani bilingan 160dan ortiq kishida virus takror aniqlangan. Shu bilan birga, bu bemorlardan virusning yuqish ehtimoli pastligi aytilmoqda.
Janubiy Koreyaning Kasalliklarga qarshi kurash va oldini olish markazi direktori Jeong Eun-kyeong’ning ma’lum qilishicha, takroriy tekshirilgan kamida 163 kishida shifoxonalardan javob berilgach, virus aniqlangan. Ular mamlakat uzra davolangan 7 829 kishining 2 foizini tashkil etadi, deb xabar qilmoqda Foxnews.
Uning aytishicha, bemorlar o‘rtacha 13,5 kun shifoxonada bo‘lib javob berilgan. Shuning barobarida, ularning hech birida jiddiy holat kuzatilmagan, 61 nafarida yengil alomatlar kuzatilgan. Rasmiylar, shuningdek, qaytalagan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 300ga yaqin kishini tekshirganida, koronavirus aniqlanmaganini ta’kidlamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.