08:56 / 23.04.2020
2 375

AQSHda ilk bor uy hayvonlarida ham koronavirus aniqlandi

AQSHda ilk bor uy hayvonlarida ham koronavirus aniqlandi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida ilk bor uy hayvonlari koronavirus infeksiyasi qayd etildi.
“AR“ axborot agentligining AQSH qishloq xo‘jaligi vazirligiga tayanib xabar berishicha, Nyu-York shtatidagi ikkita uy mushugida COVID-19 aniqlangan. Veteranlarning so‘zlariga ko‘ra, mushuklarda nafas olish borasida muammolar kuzatilmoqda, ammo ular tuzalib ketadi. Uy hayvonlari infeksiyani uydan yoki qo‘shnilarnikidan yuqtirgani taxmin qilinmoqda.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, hozirga qadar koronavirusni odamlardan hayvonlarga va aksincha hayvonlardan odamlarga yuqish holati tasdiqlanmagan.
Oldinroq, Nyu-York shahri ma’muriyati Bronks hayvonot bog‘ida yettita sher va yo‘lbarsda koronavirus infeksiyasi aniqlangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda ilk bor uy hayvonlarida ham koronavirus aniqlandi