date
views 3 277

Erdo‘g‘on dunyoning yangi tartibi haqida nima dedi?

Erdo‘g‘on dunyoning yangi tartibi haqida nima dedi?
Biz ushbu foiz-kredit tizimiga qarshimiz, chunki dinimiz riboni taqiqlaydi, dunyo bu mustabid tizimni yengib chiqishi kerak. Biz yangi dunyoda yangi iqtisodiy modelni yaratishimiz lozim.

Oxir oqibat, global iqtisodiy inqirozlarning aybi mazkur sudxo‘rlikka asoslangan G‘arb moliya modelidadir. Biz tizim bizning boshimizga qulab tushishini kutib o‘tirmasdan uni o‘zgartirishimiz shart.

Gegemon davlat sifatida biz yangi dunyo tartibini barpo etishning tomoshabinlari bo‘lmaymiz, lekin uning asosiy me’morlaridan biri bo‘lgan dunyo tez sur’atlar bilan iqtisodiy inqirozga yuz tutmoqda, eski tizim o‘zini tugatmoqda. Biz Istambulni dunyoning moliyaviy markazlaridan biriga aylantirish niyatidamiz va biz bu jarayonni allaqachon boshladik, Istanbul foizsiz tizimli islom bankchiligi va yangi moliyaviy siyosatning ajoyib namunasi bo‘ladi.

Manba: Azon.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on dunyoning yangi tartibi haqida nima dedi?