3 408
Rossiyada bir sutkada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 6 mingga yaqin holat qayd etildi
Foto: TASS
Rossiyada o‘tgan sutka davomida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 6 mingga yaqin holat qayd etildi, 66 kishi vafot etdi. Bu haqda Rossiya hukumati huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtab ma’lum qildi.
Mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 74,5 mingdan oshdi, jami qurbonlar soni - 681 kishi.
Kasallikka chalinganlar Rossiyadagi 85ta regionning barchasida bo‘lib, eng ko‘p bemor Moskvada.
Juma kuni 60 kishi vafot etgan, 5849 ta yangi holat qayd etilgandi.
Rossiyalik epidemiologlar hukumatga qat’iy karantin choralarini yana kamida ikki haftaga uzaytirishni taklif qilmoqda.
Mazkur taklifni Vladimir Putin ma’qullashi lozim.
Jons Hopkins universiteti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 2,8 mln kishidan oshgan, 195,9 ming kishi vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi