Foto: ALEXEY DRUZHININ/TASS
Rossiya prezidenti 25 mart kuni xalqqa qilgan murojaatida 30 martdan 5 aprelgacha ishlanmaydigan hafta e’lon qilgandi. Putin 2 aprel kuni yangi murojaat bilan chiqdi va ishlanmaydigan kunlar muddatini 30 aprelgacha uzaytirdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida ilgari joriy etilgan “ishlanmaydigan kunlar” muddatini uzaytirdi. U 11 maygacha muddatni ishlanmaydigan kunlar deb e’lon qildi.
Putin buni epidemiya Rossiyada hali cho‘qqisiga chiqmaganligi uchun koronavirusga qarshi qat’iy kurash choralarini uzaytirish zarurligi bilan izohladi.
«Biz hozirda epidemiya bilan kurashning yangi, keskin bosqichida turibmiz. Biz epidemiya to‘lqini susayib, pasayishiga erishishimiz lozim», — dedi Putin.
U shuningdek, Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligini nishonlashga ham to‘xtalib o‘tdi.
"G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab rejalashtirganlarimizning barchasi albatta bo‘ladi. Qizil maydonda parad va "O‘lmas polk" yurishini ham o‘tkazamiz. G‘alaba bayramini vaziyat to‘liq xavfsizligiga ishonch hosil qilganimizda nishonlaymiz", - dedi u rossiyaliklarga murojaatida.
Rossiya prezidenti 25 mart kuni xalqqa qilgan murojaatida 30 martdan 5 aprelgacha ishlanmaydigan hafta e’lon qilgandi. Putin 2 aprel kuni yangi murojaat bilan chiqdi va ishlanmaydigan kunlar muddatini 30 aprelgacha uzaytirdi.
28 aprel kuni Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Eronni ortda qoldirib, dunyoda sakkizinchi o‘ringa chiqdi. Mamlakatda bu kasallikni yuqtirganlar soni 93,5 mingdan oshgan, 800dan ortiq kishi vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi