
Foto: EAD
Venesuelaning Guanar shahridagi qamoqxonani qo‘riqlayotgan Bolivariya milliy gvardiyasi a’zolariga bir guruh mahbuslar hujum qildi. Oqibatda 41 kishi halok bo‘ldi, 50 nafardan ortig‘i jabrlandi, deb xabar bermoqda El Nacional mamlakat politsiyasiga tayanib.
Mamlakatning axloq tuzatish muassasalari ishlari bo‘yicha vazirning qayd etishicha, qamoqxona rahbari mahbuslarning hujumi oqibatida pichoqlangan. Bundan tashqari, bir guruh mahkumlar koloniya hududidan chiqib ketishga uringan, ammo ular otib o‘ldirilgan.
Hukumat soqchilarga hujum qilishni buyurgan mahkumlar yetakchisi bilan bog‘lanishga harakat qilgan. Suhbatdan so‘ng mahbuslar o‘z kameralariga qaytgan.
VenesuelaQamoqxona HujumiMahbuslar HalokatiGuanar ShahriMilliy GvardiyaAxloq Tuzatish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar