
Qohira sirkida o‘z o‘rgatuvchisi bo‘lmish Muhammad Al-Hulvni o‘ldirib qo‘ygan sherni ko‘pchilik eslasa kerak. Keyinroq gazetalar u sherning keyingi ajib ahvolini bayon qildi. Voqea tomosha vaqtida tomoshabinlar ko‘z o‘ngida sodir bo‘ldi. O‘yin vaqtida "Sulton "laqabli sher orqa tomondan o‘rgatuvchisiga to‘satdan hujum qilib, tishlab, o‘rgatuvchining tanasiga tirnoqlarini botirdi. O‘rgatuvchi yerga quladi.
Sher uni bosib turar ekan, kishilar, qo‘riqchilar stullarni ko‘tarib sherga hujum qilishdi. Muhammad Al-Hulv qo‘lidagi temir xipchin bilan uni urdi va undan qutildi. Ammo vaqt o‘tgan edi. O‘rgatuvchi shifoxonada bir necha kundan so‘ng vafot etdi. Ammo "Sulton"ning ahvoli keskin o‘zgardi. U ovqat yemay qo‘ydi. Sirk direktori uni hayvonot bog‘iga berib yubordi. Sher hayvonot bog‘ida ham ovqat yemadi. Uning huzuriga urg‘ochi sherni kiritishdi. Ammo "Sulton" uni quvib yubordi.
Oxiri aqldan ozib, o‘z tanasini tishlay boshladi, dumini tishlab uzdi. Keyin o‘rgatuvchisini o‘ldirgan old oyog‘ini tishlay boshladi. U vahshiylarcha oyog‘ini yedi. Nihoyat, qon ketishidan halok bo‘ldi. Tilsiz hayvon, o‘rmon qiroli vafo ma’nosini angladi, vafodan inson yeta olmaydigan nasibaga yetdi. Gunohkor oyoqlarini yeb tashladi. Sovuqqonlarcha, diplomatik stol atrofida, qadahlarni chaqishtirib, shlyapalarni kiyib, romantik musiqalar sadosi ostida bir-birlarini belidan quchib, saodatla o‘pishib, xuddi hech narsa bo‘lmagandek insonlar taqdirini hal qilib xalqlarni yeydigan, millionlab kishilarni qatl qiladigan yirtqich insonlarga yetarli dars berdi bu "Sulton".
Men ehtirom yuzasidan bu "inson yanglig‘ sher"ga ta’zim qilaman. Darvoqe, men uni "inson yanglig‘" deya unga zulm qildim.
Tilsiz mushuk najosatini yashiradi. Tuproq bilan ko‘madi. Bu mushuk go‘zallik va qabixlikni anglaydimi? Sohibining dasturxonidan go‘sht o‘g‘irlamoqchi bo‘lsa sohibi unga boshqacha qarab qo‘yadi. Bu xatoni mushuk anglaydi va orqaga qaytadi. Agar sohibi uni ursa xatosini anglab boshini silkitadi, gunohini e’tirof qiladi. U qonunni biladimi? Birov unga hayotni o‘rgatdimi?
Tuya urg‘ochisi bilan faqat xilvatda juftlasha oladi. Agar birov uni ko‘rib turganini sezib qolsa juftlashmay turadi yoki boshini yerga egadi. Nima, u hayoni biladimi??
Asalarilar o‘z inini himoya qilib oxirgi ari qolguncha urishishadi. Ularga shijoat va fidokorlikni kim o‘rgatdi? Bu hashorotga tibni, ilmni, axloqni, siyosatni kim o‘rgatdi?
Nega Qur’onni o‘qib, Allohning muallim ekanini tan olmaymiz?
Bu tilsiz jonivorlar ilmi, dasturini Xoliqidan olmagan bo‘lsa, qayerdan oldi?!
Instinkt nima o‘zi? U insonga tug‘ilgan zamon beriladigan ilm emasmi?! Uni Xoliq bermadimi?!
"Robbing asalariga: tog‘lardan, daraxtlardan va ko‘tarilgan so‘ritoklardan in tutgin, deya vahiy qildi".(Nahl surasi)
Nima uchun hayvonlarni o‘zimizga o‘xshagan ummat ekanini va ular ham hashr qilinishini bilib dahshatga tushamiz?!
"Yer yuzida o‘rmalab yurguvchi har bir jonzot va ikki qanoti bilan uchuvchi qush borki, hammasi siz kabi ummatlardir. Kitobga hech narsani qo‘ymasdan yozganmiz. So‘ngra Robbilari huzurida jamlanurlar".(An’om-38)
"Vaqtiki vahshiy hayvonlar hashr qilinsa..."( Takvir-5).
O‘sha sherning tutgan yo‘li va o‘zini o‘ldirishi bizni taraqqiylashgan, fahmlaydigan, sezadigan, his qiladigan, jazo va iqobga ishonadigan, mas’uliyatga inonadigan NAFS oldida turganimizga dalolat qilmaydimi?
Nafski, unda zulm va adovatdan alam chekadigan zamir bor.
Mustafo Mahmudning
"Allohni ko‘rdim" kitobidan.
"Allohni ko‘rdim" kitobidan.
Manba: Azon.uz
Muhammad Al-HulvQohira SirkidaHayvonot Bog‘idaInson Yanglig‘O‘rgatuvchi VafotiInstinkt HaqidaAsalarilar Xilmati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar