19:43 / 04.05.2020
3 426

Virusolog karantindan keyin saqlanib qoladigan choralar haqida aytib o‘tdi

Virusolog karantindan keyin saqlanib qoladigan choralar haqida aytib o‘tdi
Foto: «News.myseldon.com»
Tibbiyot fanlari doktori, virusolog Anatoliy Altshteyn «NSN» bilan suhbatda o‘z-o‘zini izolyatsiyalash tartibi yengillashtirilgandan keyin ham keksalar uchun ba’zi bir cheklovlarni saqlab qolish kerakligini aytdi.

Ekspertning ta’kidlashicha, ushbu toifadagi odamlar uchun qat’iy taqiqlarga zarurat bo‘lmaydi.
«Albatta, keksalar tashqariga chiqishi, sayr qilishi zarur. Chunki boshqalar bilan aloqada bo‘lmasa, o‘zaro gaplashmasa, izolyatsiya tartibiga zid emas», — dedi Altshteyn.

Shuningdek, yoshlar uchun ham qanday o‘zgarishlar bo‘lishi haqida fikr yuritdi.
«Niqob taqish, ehtimol, saqlanib qolsa kerak», — deya taxmin qildi ekspert.

Virusologning fikricha, restoran, qahvaxona va do‘konlar uchun qoidalar ham o‘zgaradi. Koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzda qayd etilishi mumkin. Faqat u virusning zaiflashuvi tufayli kuchsizroq kechadi. Ustiga-ustak, aholining ma’lum qismi antitanachaga ega bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Virusolog karantindan keyin saqlanib qoladigan choralar haqida aytib o‘tdi