17:37 / 05.05.2020
2 664

Koronavirus dekabrdayoq butun dunyoga tarqalgan bo‘lishi mumkin

Koronavirus dekabrdayoq butun dunyoga tarqalgan bo‘lishi mumkin
Foto: «REUTERS»
JSST rasmiy vakili Kristian Lindmayer seshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda COVID-19 dunyoning turli mamlakatlariga dekabrdayoq tarqalib ketgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Mutaxassis 2019 yil dekabrda Fransiyada yangi koronavirus holati qayd etilganligi haqidagi xabarni izohladi, deb yozadi «RIA Novosti».

«Qiziq kashfiyot. Bu COVID-19 ning potensial tarqalishini yaxshiroq anglab yetishimizga yordam beradi. Ajablanarli joyi yo‘q. Chunki virus bilan bog‘liq dastlabki holatlar dekabrning boshlaridayoq qayd etilgan. Shunday ekan, kasallikni yuqtirgan odamlar Uxan provinsiyasidan boshqa davlatlarga sayohat qilgan bo‘lishi mumkin. Ustiga-ustak, mamlakatlar test o‘tkazgunga qadar dastlabki holatlar allaqachon yuzaga chiqqan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas», — dedi Kristian Lindmayer.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus dekabrdayoq butun dunyoga tarqalgan bo‘lishi mumkin