Irina Venediktova / Foto: Profil
Ukraina korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosi mamlakat bosh prokurori Irina Venediktovaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bu haqda "RBK Ukraina" xabar berdi.
"Ukraina korrupsiyaga qarshi kurash oliy sudi tergov sudyasining 2020 yil 24 apreldagi qaroriga muvofiq milliy byuro detektivlari sudga qadar surishtiruvlar yagona reyestriga ma’lumot kiritdi", - deyiladi byuroning OAV so‘roviga javobida.
28 aprel kuni Ukraina korrupsiyaga qarshi kurash oliy sudi korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosiga Venediktova o‘z mulklarini deklaratsiya qilmaganligi to‘g‘risidagi xabarga muvofiq unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni topshirgan. Sud ishida narxi 10 ming yevrolik soat hamda Venediktovaning "Xarkovskiy pravovoy sentr" tashkilotiga a’zoligi to‘g‘risida so‘z borgan.
Irina Venediktova 17 mart kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy farmoni bilan mamlakat bosh prokurori etib tayinlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda
Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi"