22:12 / 06.05.2020
3 075

Rossiyada yana bir vazir koronavirusga chalindi

Rossiyada yana bir vazir koronavirusga chalindi
Olga Lyubimova / Foto: TASS
Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimova koronavirusga chalindi. U Rossiya hukumati a’zolari orasida koronavirusga chalingan 3 kishi bo‘ldi.
Bu haqda vazirning matbuot kotibi Anna Usachyova xabar qilgan.

Madaniyat vaziri Olga Lyubimova masofadan ishlamoqda. Uning koronavirusga testlari natijasi musbat chiqdi, u uyda qolib, ishchi yig‘ilishlarni videoanjuman shaklida o‘tkazmoqda, uchrashuv va muzokaralarda onlayn-formatda ishtirok etmoqda. Unda kasallik yengil ko‘rinishda o‘tmoqda, shifoxonaga yotqizish haqida gap ketmayapti”, deb ma’lum qilgan Usachyova.

Lyubimova Rossiya hukumatining koronavirusga chalingan uchinchi a’zosi bo‘ldi. Birinchi bo‘lib 30 aprelda virusga chalinganini bosh vazir Mixail Mishustin ma’lum qilgandi. 1 mayda esa koronavirus qurilish vaziri Vladimir Yakushevda aniqlangan.

Bundan tashqari, ta’lim va fan vaziri Valeriy Falkov o‘zini izolyatsiyalash rejimiga o‘tgan. Ma’lum qilinishicha, vazir uning qo‘l ostidagilardan biri koronavirusga chalingandan keyin masofadan ishlashga o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada yana bir vazir koronavirusga chalindi