Foto: Asia-Plus
Tojikistonda 8 may kuni kechasi koronavirusga chalinganlar soni 90 kishiga ko‘paydi, bemorlarning 6 nafari vafot etdi, deb xabar bermoqda Asia-Plus mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.
Shunday qilib, mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 612 nafarga yetdi, bemorlarning 20 nafari virus qurboni bo‘ldi.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlarida aytilishicha, 9 may kechki payt holatiga ko‘ra, 4 738 kishi tibbiy muassasalarda kuzatuvga olingan. So‘nggi sutkada 452 kishi yotqizilgan. Shuningdek, tibbiy tekshiruvlardan keyin kasalxonalardan 522 kishiga javob berilgan. Bir kun avval bu ko‘rsatkich 420 kishini tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holatlarning qayd etilgani 30 aprelda e’lon qilingan: Sog‘liqni saqlash vazirligi 15 nafar odamning COVID-19’ga chalinganini xabar qilgan. Ularning 10 nafari So‘g‘d viloyatida, 5 nafari esa Dushanbeda ekani aytilgandi.
Avvalroq JSSTning Tojikistondagi vakili o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qilgandi. U Tojikistonda koronavirusga chalinish holatlari yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarni shubha ostiga olmagani uchun keskin tanqidlarga uchragan. Natijada Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq dastlabki holatlar JSSTning Yevropa ofisi missiyasining mamlakatga kelish vaqti bilan bir paytda aniqlandi. Mazkur missiya ayni paytda Tojikistonda bo‘lib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi