
Foto: Getty Images
Rossiya prezidenti 25 mart kuni xalqqa qilgan murojaatida 30 martdan 5 aprelgacha ishlanmaydigan hafta e’lon qilgandi. Putin 2 aprel kuni yangi murojaat bilan chiqdi va ishlanmaydigan kunlar muddatini 30 aprelgacha uzaytirdi.
Rossiyada ishlanmaydigan kunlar rejimi nihoyasiga yetdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
U pandemiya munosabati bilan rossiyaliklarga navbatdagi murojaatini yo‘lladi.
"12 maydan ishlanmaydigan kunlar davri yakuniga yetadi", dedi Putin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadagi vaziyat koronavirus sababli kiritilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlashga imkon beradi.
Rossiya prezidenti 25 mart kuni xalqqa qilgan murojaatida 30 martdan 5 aprelgacha ishlanmaydigan hafta e’lon qilgandi. Putin 2 aprel kuni yangi murojaat bilan chiqdi va ishlanmaydigan kunlar muddatini 30 aprelgacha uzaytirdi.
28 aprel kuni esa “ishlanmaydigan kunlar muddati 11 maygacha uzaytirilgandi.
Rossiyada oxirgi sutka ichida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 11,6 mingdan ortiq holat qayd etildi. Jami kasallik yuqtirganlar soni 221 mingdan oshib ketdi, 2 mingdan ortiq kishi vafot etdi. Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda turibdi.
Rossiya PrezidentiIshlanmaydigan KunlarKoronavirus SababiMurojaat QildiVafot EtganlarSog'liqni Saqlash O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar