
Foto: VVS
Tojikiston koronavirus infeksiyasining butun mamlakat bo‘ylab tarqalish bosqichiga o‘tdi. Kasallanish holatlari shuni ko‘rsatdiki, bemorlar soni har uch kunda ikki baravar ko‘payyapti. Bu haqda Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST)ning Tojikistondagi vakili Patrik O’Konnor 12 may kuni bo‘lib o‘tgan onlayn brifingda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bemorlar soni ortib bormoqda va kasallanishning avj nuqtasi hali oldinda. JSST vakili Tojikistonning barcha viloyatlarida koronavirusni aniqlaydigan test o‘tkazishni tavsiya qildi. Hozir mazkur ish bilan Dushanbedagi bitta laboratoriya shug‘ullanyati, bu yerda kuniga 230-250 ta test o‘tkazish mumkin.
Tojikiston sog‘liqni saqlash vazirligida Rossiya, Xitoy va Germaniyada ishlab chiqarilgan 44 mingta test bor.
12 may holatiga Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 729 nafarga yetdi, bemorlardan 23 nafari vafot etdi.
TojikistonKoronavirusSog‘liqni SaqlashJSSTBemorlar SonTest O‘tkazish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar