date
views 2 436

Fransiyadagi shaharcha ma’muriyati maktablarni ochishga ruxsat bermagach, darslar o‘rmonda o‘tildi

Fransiyadagi shaharcha ma’muriyati maktablarni ochishga ruxsat bermagach, darslar o‘rmonda o‘tildi
Fransiyadagi Monmeyran shaharchasida mamlakatning boshqa hududlarida 11 maydan karantin yumshatilib, qator ta’lim muassasalari o‘qishni boshlanganiga qaramay maktablarni ochishga ruxsat berishmadi, deb yozadi Esquire.

Shunda o‘qituvchilar va ota-onalar 2 iyungacha o‘qishga ruxsat bermaydigan mahalliy hukumat rahbarlariga norozilik bildirish maqsadida o‘rmonda dars o‘tishga qaror qildi.

O‘rmonda o‘quv xonasi muhiti yaratildi. Doska va partalar xavfsiz masofada joylashtirildi. Kattalar va o‘qituvchilar niqobda, bolalar esa negadir niqobsiz edi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter
Monmeyran meri Bernar Bryunening izohlashicha, boshlang‘ich maktablar xavfsizlik nuqtai nazaridan ochilmagan. Maktablarda tez-tez sanitar ishov berishni amalga oshirishning iloji yo‘q. Shuningdek, binolar joylashuvi tufayli maktablarda masofa saqlashni ta’minlab bo‘lmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyadagi shaharcha ma’muriyati maktablarni ochishga ruxsat bermagach, darslar o‘rmonda o‘tildi