
Germaniyada cheklov qoidalarining qisman olib tashlanishi sababli mahalliy restoran va kafelar asta-sekin o‘z faoliyatlarini qayta yo‘lga qo‘ymoqda, deb yozadi CNN. Umumiy ovqatlanish muassasalariga ijtimoiy masofani 1,5 metrdan saqlash sharti bilan ishlashga ruxsat berilgan.
Har bir tamaddixona shu kabi xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya etishi shart. Shverin shahridagi Café Rothe restorani egalari bunga kreativ tarzda yondashib, tashrif buyurgan mijozlarga kiraverishda o‘ziga xos shlyapalar berishmoqda. Bosh kiyimlari porolondan qilingan bo‘lib, vertolyot parraklariga o‘xshab ketadi. Uni qo‘ndirib olgan xo‘randalar shu ko‘rinishda sotsial masofani saqlash imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.
— To‘g‘ri, bu biroz noqulay, lekin eng muhimi biz umumiy ovqatlanish joyiga bemalol bora olamiz, — deydi mijozlardan biri.
Eslatib o‘tamiz, kansler Angela Merkel mamlakatda 6 maydan koronavirus tufayli joriy etilgan cheklovlar yumshatilishini e’lon qilgan edi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda tojdor virusni yuqtirganlar soni qariyb 175 ming nafarga yetgan, 150 nafari tuzalib ketgan.
GermaniyaRestoranIjtimoiy MasofaCafé RotheXavfsizlik QoidalariShlyapa O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar