
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Tuzalib chiqqanlarning barchasi erkak bo‘lib, Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Sog‘ayganlarning 3 nafari Buxoro viloyatidan, 2 nafari Xorazm viloyatidan, 1 nafari esa Navoiy viloyatidan. Ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 21 yosh.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida shu paytga qadar 112 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 118 nafarga yetdi.
Shuningdek, Namangan viloyatida ham 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Tuzalib chiqqanlarning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 1 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Sog‘ayganlarning barchasi Namangan viloyatidan (4 nafari Namangan tumanidan, 1 nafari esa Namangan shahridan). Ular orasida eng yoshi kattasi 66 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 14 yosh.
Viloyatda shu paytga qadar 214 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 219 nafarga yetdi.
Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2349 nafarni tashkil etmoqda.
Qoraqalpog‘istonRossiyadan KelganKoronavirus InfektsiyasiSog‘aygan BemorlarNamangan ViloyatiReabilitatsiya Kuzatildi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar