Foto: «RIA Novosti»
Ayni paytda Rossiyada 14 ta platformada 47 ta koronavirus vaksinasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova ma’lum qildi deb xabar bermoqda «RIA Novosti».
«Umid qilamizki, ularning ayrimlari sezilarli natijalar beradi», — degan u Federatsiya kengashi yig‘ilishi chog‘ida.
Golikovaning aytishicha, may oyi o‘rtalariga kelib tibbiy asboblar va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar davlat reyestriga IFA (immunoferment tahlili) va PZR (polimer zanjir reaksiyasi) usulidagi tahlillar o‘tkaziladigan 24 ta sinov tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan.
Avvalroq Rossiyada koronavirus infeksiyasini aniqlaydigan 17 ta test-tizimi ro‘yxatdan o‘tkazilgani va ulardan laborator tashxis qo‘yishda foydalanib kelinayotgani xabar berilgandi.
Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 300 ming kishidan oshib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi