
Marshal Abdurashid Do‘stum, afg‘onistonlik o‘zbeklarning nufuzli rahbari, marshal unvonini olganidan beri hali muhim hukumat tadbirlarida qatnashmadi. Prezidentlik saroyida bo‘lib o‘tgan va tinchlik muzokaralariga bag‘ishlangan muhim uchrashuvda uning o‘g‘li Botir Do‘stum ishtirok etdi.
Marshal Do‘stumning yaqin safdoshlarining aytishicha, Abdurashid Do‘stum “Junbish Milliyi Islomiy Afg‘oniston” partiyasining (Afg‘oniston Milliy Islomiy Harakati) siyosiy ishlari va rahbariyatini o‘g‘li Botir Do‘stumga topshirgan va hozir u boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi.
Yaqinda u O‘zbekistonga tashrif buyurdi va u yerda O‘zbekiston hukumati bilan ikki mamlakat o‘zbeklari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Hozirgacha uning rahbari va asoschisi marshal Do‘stum bo‘lgan “Junbish Milliyi Islomiy Afg‘oniston” partiyasi rahbariyati Botir Do‘stumga o‘tganini rasman tasdiqlamagan, ammo mamlakat siyosiy maydonida Abdurashid Do‘stum o‘rnini uning o‘g‘li egallashi haqida ko‘p gap-so‘zlar tarqalgan.
Marshal Do‘stumAfg‘oniston O‘zbeklariJunbish MilliyiSiyosiy IshlarO‘zbekiston HukumatiBotir Do‘stum O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar