Foto: RIA Novosti
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropadagi epidemiologik vaziyat yaxshilanganini e’tirof etdi va koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz beradigan muddatni ma’lum qildi.
JSSTning Yevropadagi mintaqaviy ofisi direktori Xans Klyugening qayd etishicha, Yevropadagi ko‘plab davlatlarda vaziyat yaxshilangan, ammo u hukumatlarni bo‘shashmaslikka chaqirdi.
«Vaziyat yaxshilanmoqda, ammo bayram qiladigan payt emas, balki tayyorgarlik ko‘radigan vaqt va biz kuzga tayyorlanishimiz kerak», — deb ta’kidladi Klyuge.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi to‘lqin sentabrda boshlanishi va mavsumiy gripp tarqalishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Klyuge ikkinchi to‘lqin vaqtida to‘xtatilmasa, halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, hali vaksina yaratilmagan, shuning uchun vaziyat «yil boshidagidan ko‘ra yaxshi emas». “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi