Foto: REUTERS/Bruno Kelly
Braziliya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha umumiy ma’lumotlarni bermay qo‘ydi. Bu boradagi oxirgi statistik ma’lumotlar 5 iyun kuni e’lon qilingan.
Ta’kidlanishicha, Braziliya sog‘liqni saqlash vazirligi bir necha kundan beri o‘z saytida koronavirus bo‘yicha so‘nggi kundagi ma’lumotlarnigina berib borgan. Shundan keyin dunyo bo‘yicha koronavirus bo‘yicha statistikani berib boruvchi AQSHning Jon Hopkins universiteti 6 iyun kuni Braziliya bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z saytidan o‘chirib tashlagan. Universitetda ta’kidlanishicha, oxirgi 24 soat ichidagi ma’lumotlarni e’lon qilishdan ma’no yo‘q.
Biroq keyinroq Braziliya bo‘yicha ma’lumotlar saytga qaytarilgan. Unga ko‘ra, ayni vaqtda Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 645771 nafarni tashkil qilmoqda.
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru hukumatning Braziliyada koronavirus epidemiyasi ko‘lamlari haqidagi rasmiy ma’lumotlarni qisman yashirish qarorini qo‘llab-quvvatlagan. Uning fikricha, umumiy statistikani yangilash mamlakatdagi joriy vaziyatni aks ettirmaydi.
Bolsonaru Twitter’da sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus tarqalishi o‘choqlarini aniqlash va epidemiyaga qarshi keyingi strategiyani belgilash uchun koronavirus bo‘yicha statistikani yig‘ishni optimallashtirishini ma’lum qilgan.
Uning ta’kidlashicha, statistikada xatoliklar bo‘lmasligi uchun virusga chalinganlar soni avvalgidek mahalliy vaqt bilan soat 17 dan 19 gacha emas, balki 22da e’lon qilinadi.
6 iyunda Bolsonaru Braziliya AQSH ortidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini tark etishi mumkinligini aytgandi. Uning ta’kidlashicha, bu holat agar JSST “sog‘liqni saqlash borasida Braziliyaga nima qilishni o‘rgatsa” yuz berishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"