Foto: REUTERS / BLAIR GABLE
RT telekanali ushbu holat aks etgan videoni o‘z Telegram-kanalida joylashtirdi. Namoyish 5 iyun kuni Kanada poytaxti Ottava markazidagi parlament binosi yaqinida o‘tgan.
48 yoshli Tryudo irqchilikka qarshi namoyish ishtirokchilari bilan birdamlikni namoyon qilishga qaror qilgan. Qora rangli himoya niqobida va atrofida tansoqchilar bo‘lgan bosh vazir “Adolat yo‘q = tinchlik yo‘q” deb nomlangan namoyishda paydo bo‘lganda, namoyishchilar undan AQSHda politsiya tomonidan ushlanish vaqtida halok bo‘lgan qora tanli Jorj Floyd xotirasiga bir oyog‘iga tiz cho‘kishni so‘rashgan. Bosh vazir namoyishchilar iltimosini bajarib, tiz cho‘kkan. Shundan keyin minglab namoyishchilar bosh vazirsiz o‘z yurishlarini davom ettirganlar.
Biroq Guardian nashrining voqea joyida bo‘lgan muxbirining ta’kidlashicha, namoyishchilar Tryudoning tiz cho‘kishini munosib baholashmagan. Ta’kidlanishicha, bir necha kishigina, jumladan uning tansoqchilari bosh vazirni ushbu ishi uchun olqishlab qo‘yishgan. Ijtimoiy tarmoqlarda hattoki Tryudo nomiga tanqidlar ham bildirilgan.
“Meni bu reklama nayranglari qiziqtirmaydi, ayniqsa hozir. Sizga bo‘ysunadigan politsiyaning shafqatsizligiga qarshi chiqib, qanday qilib tiz cho‘kasiz? Go‘yoki sizda bu muammo yo‘qdek. Uni tasvirga olishayotganini payqab, kameraga o‘girilib tiz cho‘kishini aqlga sig‘dirish qiyin”, deb aytgan kanadalik mashhur yozuvchi Andre Domiz.
Kanada bosh vaziri avvalroq bir necha marta ham siyosatchilar, ham jamoatchilik tomonidan namoyishlarda o‘zini ko‘z-ko‘z qilish uchungina ishtirok etishda ayblangan. Ottavadagi aksiyadan bir kun oldin kanadalik politsiyachilar tomonidan tub aholi - aborigenlar orasidan bo‘lgan 26 yoshli Shantel Mur otib o‘ldirilgandi va namoyishchilardan ba’zilari uning surati tushirilgan plakatlarni ushlab turishgan. Shu voqeadan keyin Tryudo jurnalistlardan birining politsiyada qanday islohotlar o‘tkazmoqchiligi haqida bergan savoliga javob bermagan.
Floydning o‘limi nafaqat AQSHda, balki boshqa davlatlarda ham norozilik namoyishlariga olib keldi. AQSHning ko‘plab yirik shaharlarida namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi