
Foto: AP
"Odamlarga oson bo‘lishi uchun ushbu bosqichni o‘zimda sinab ko‘rishni istagandim. Tushkunlikka tushgan paytimizda to‘plandik. Men "Kelinglar, men kasallik yuqtiraman, meni izolyatsiya qilamiz", dedim, - dedi u "Ukrainskaya pravda"ga bergan intervyusida.
"Odamlar bu qo‘rqinchli ekanligini, kasallikka chalinish mumkinligini tushunishlari uchun. Buni o‘zimda o‘tkazmoqchi edim. Ammo ular bu vabo emasligini tushunib yetishlari uchun. Tushkunlikka tushmasliklari uchun. Dastlab judayam qo‘rqinchli bo‘lgandi, odamlar hammamiz o‘lib ketamiz deb o‘ylagandi", -deya qayd etdi u.
Zelenskiy bu "judayam ortiqcha" ekanligi uchun ushbu g‘oyadan voz kechishganini aytdi.
"Bu murakkab emasdi. Ammo meni oilam kechirmasdi. Umuman olganda, ular haq bo‘lardi", - deb qo‘shib qo‘ydi u.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 27856ta holat qayd etilgan, 810 kishi vafot etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar