date
views 1 370

Belgiya shahzodasi Ispaniyada karantin rejimini buzgani uchun jarimaga tortildi

Belgiya shahzodasi Ispaniyada karantin rejimini buzgani uchun jarimaga tortildi
Foto: Globallookpress
Ispaniyaning Andalusiya hamjamiyati hukumati Belgiya shahzodasi Ioaximni karantin rejimini buzgani uchun 10,4 ming yevro miqdoridagi jarimaga tortdi.

Reuters agentligiga asoslanib TASS tarqatgan xabarga ko‘ra, 28 yoshli Ioaxim may oyining oxirida Kordobaga o‘quv malakasini oshirish uchun kelgan. So‘ngra u karantin cheklovlarini buzgancha bir necha kechalarda ishtirok etgan.

Oradan kunlab o‘tib, tobi qochgan shahzoda koronavirusga test topshirgan va u musbat natija ko‘rsatgan.
Xabar qilinishicha, ana shunday kechalardan biridan 27 kishi yig‘ilgan, bu esa Kordobada joriy etilgan, ko‘pi bilan 15 kishilik cheklovlarni buzishdir.

Shahzoda Ioaxim – Belgiya malikasi Astridning o‘g‘li va qirol Filippning jiyanidir. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, shahzoda taxtga vorislik bo‘yicha navbatda to‘qqizinchi o‘rinda turadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belgiya shahzodasi Ispaniyada karantin rejimini buzgani uchun jarimaga tortildi