06:30 / 14.06.2020
1 775

Dior «Rim ta’tili» filmidagi kabi Vespa skuterlarini taqdim qildi

Dior «Rim ta’tili» filmidagi kabi Vespa skuterlarini taqdim qildi
Foto: Harper’s Bazaar
Fransiyaning Dior va Italiyaning Vespa brendi hamkorlikda skuter ishlab chiqardi. Bu haqda Harper’s Bazaar nashri xabar berdi.
Brend ushbu modelni yaratishda «Rim ta’tili» filmida Odri Xepbyorn va Gregori Pek shahar ko‘chalarini aylangan skuterdan ilhomlangan bo‘lib, uning dizayni ustida ayollar kolleksiyasi kreativ rahbari Mariya Gratsiya Kyuri ishlagan.

«Vespa men uchun ona shahrim Rimning timsoli. Bunday skuterlarni ‘Rim ta’tili’ filmida va boshqa istalgan italyan ko‘chalarida ko‘rish mumkin. Vespa skuterlari XX asr o‘rtalarida mashhurlikka erishgan, uning hajmi Italiyaning tor ko‘chalarida erkin harakatlanish imkonini beradi», — deydi dizayner.

Foto:Harper’s Bazaar
Mazkur modelni ishlab chiqarish ustida pandemiyadan avval ish boshlangan, ehtiyot chorasi sifatida ijtimoiy masofa saqlanishi kerakligi ta’kidlanayotgan bir vaqtda esa bu kabi shaxsiy transport vositalariga bo‘lgan talab yanada oshgan.

Bundan tashqari, skuterga qo‘shimcha ravishda aksessuarlar — shlem, sumka va 1967 yilda dizayner Mark Boan tomonidan taqdim qilingan Dior Oblique taqinchoqlari ham ishlab chiqarilgan. Skuterni 2021 yilning bahorida sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dior «Rim ta’tili» filmidagi kabi Vespa skuterlarini taqdim qildi