Cho‘kkalab o‘tira oladigan it internetda mashhur bo‘lib ketdi

Cho‘kkalab o‘tira oladigan it internetda mashhur bo‘lib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilardan biri joylagan surat ommalashmoqda, deb yozadi «RIA Novosti».
Suratda ohmyitsbrittt niki ostidagi foydalanuvchining itining divan yonida orqa oyoqlarini old oyoqlari orasidan chiqarib, cho‘kkalab o‘tirganini ko‘rish mumkin.

«Mening itim — ajoyib», — deb izohladi ayol suratni.
Ushbu post 190 mingdan ortiq retvit qilingan hamda 1,2 milliontadan ko‘proq layk to‘plagan.

«Iting uchun jonimni berishga tayyorman», — deb yozdi foydalanuvchilardan biri.
«Men yarim tunda bunaqa baland ovozda kulishim kerak emas», — deydi yana bir izohlovchi.

Boshqa bir foydalanuvchi esa o‘z itining noodatiy o‘tirishi aks etgan surat bilan bo‘lishdi.
Cho‘kkalab o‘tira oladigan it internetda mashhur bo‘lib ketdi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar