Foto: REUTERS/Vasily Fedosenko
Tadbirkor Natalya Kisel Belarus prezidenti saylovidan nomzodini olib tashlashga qaror qildi. Bu haqda uning shtabiga tayanib Sputnik Belarus ma’lum qildi.
Kisel avvalroq prezidentlikka nomzodi ro‘yxatga olinishi uchun zarur bo‘lgan 100 mingta imzoni to‘plaganini tasdiqlagandi. U barcha imzolarni boshqa nomzodlarga bo‘lib berishni rejalashtirmoqda. Nashrning qayd etishicha, buning imkoni yo‘q, chunki imzo varaqalarida fuqaro qaysi nomzod uchun imzo qo‘yganligi ko‘rsatiladi.
Belarusda prezidentlik saylovi 9 avgustda bo‘lib o‘tadi. Amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko oltinchi muddatga saylanish niyatida va kerakli miqdordagi imzolarni to‘plab bo‘ldi.
Shuningdek, uning raqiblari — «Belgazprombank» sobiq rahbari Viktor Babariko, yuqori texnologiyalar parki sobiq boshlig‘i Valeriy Sepkalo, vakillar palatasi sobiq deputati Anna Kanopatskaya ham imzo to‘plab bo‘lishganini ma’lum qilishgan.
Saylovda qatnashishni rejalashtirgan taniqli bloger Sergey Tixanovskiy hibsga olingan. «Belgazprombank» ofisida tintuvlar o‘tkazildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?