Yuriy Gubarevich
Belarus prezidentligiga da’vogarlik qilayotgan «Za Svobodu» harakati yetakchisi Yuriy Gubarevich saylovda qatnashmasligini ma’lum qildi.
"Bo‘lib o‘tayotgan voqealar sababli prezidentlik saylovi kampaniyasidan chiqishimni e’lon qilaman", - dedi Gubarevich.
"2020 yilgi prezidentlik saylovi kampaniyasi boshlanganidan beri hukumat ochiqchasiga, qo‘pol va shafqatsiz harakat qilishni boshladi. Qatag‘onlar haftasiga kuchaydi. Bu yerda qonuniylik qolmadi", - deb ta’kidladi u.
Juma kuni Gubarevich 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosini olganligi ma’lum bo‘ldi, ammo u hozircha ozodlikda.
Avvalroq Liberal demokratik partiya yetakchisi Oleg Gaydukevich, yuk tashuvchilar assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Natalya Kisel va rok-musiqachi Aleksandr Tabolich prezidentlik poygasidan chiqqanini e’lon qilgandi.
Ayni paytgacha amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko, Belgazprombankning hibsga olingan sobiq rahbari Viktor Babariko, yuqori texnologiyalar parki soiq rahbari Valeriy Sepkalo, sobiq parlament deputati Anna Kanopatskaya, bloger Sergey Tixanovskiyning xotini Svetlana Tixanovskaya va "Govori pravdu" jamoat birlashmasi hamraisi Andrey Dmitriyev yetarli miqdorda imzo to‘plab bo‘lgan. Shunday qilib, olti nafar da’vogar Belarus prezidentligiga nomzod bo‘lishi mumkin.
Prezidentlik saylovi 9 avgustda bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi