date
views 2 872

Koronavirus Italiyadan tarqalgani rotmi?

Koronavirus Italiyadan tarqalgani rotmi?
Mahalliy mutaxassislarning aytishicha, Italiyada yangi koronavirus o‘tgan yilning dekabrida tarqala boshlagan. O‘sha vaqtda ushbu kasallikning belgilari bilan shifoxonaga yotqizilganlar qayd etilgan, deya xabar bermoqda Bi-bi-si.

Olimlar Italiyada birinchi COVID-19 tashxisi qo‘yilishidan ancha oldin, o‘tgan yilining 18 dekabrida Milan va Turindagi oqava suvlar tarkibida virusning genetik izlari bo‘lganini ta’kidlamoqda. Bu esa koronavirus Xitoydagi Uxan shahrida ommaviy tarqalishidan oldinroq yoyila boshlagani haqidagi taxminlarni tasdiqlaydi. Xitoyda koronavirusning tarqalishi dekabr oyida, Italiyada esa fevral o‘rtalarida tasdiqlangan.

Italiyadagi genetik topilmalar virusning qanday tarqalganiga manba bo‘lishi mumkin. Mazkur mamlakatda koronavirus oqibatida 35 mingga yaqin kishi vafot etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus Italiyadan tarqalgani rotmi?