
Foto: Getty Images
Barcha turistlar kontaktsiz termometriyadan o‘tkaziladi. Agarda mehmonning tana harorati 37,8 darajadan yuqori bo‘lsa yoki unda boshqa shubhali alomatlar kuzatilsa, aeroportdagi maxsus tibbiyot punktida koronavirusga bepul test topshiradi.
Turkiya turizm va madaniyat vaziri Mehmet Ersoy 50 mamlakat elchilari bilan uchrashuv o‘tkazib, turistlarning xavfsiz hordiq chiqarishlari uchun qanday choralar ko‘rilganligi haqida ma’lumot berdi.
Ersoy xususan, xorijdan kelganlardan koronavirusga chalinmaganligi to‘g‘risida hech qanday ma’lumotnoma talab qilinmasligi va o‘n to‘rt kunlik karantinga joylashtirilmasligini aytdi.
Barcha turistlar kontaktsiz termometriyadan o‘tkaziladi. Agarda mehmonning tana harorati 37,8 darajadan yuqori bo‘lsa yoki unda boshqa shubhali alomatlar kuzatilsa, aeroportdagi maxsus tibbiyot punktida koronavirusga bepul test topshiradi.
Test natijasi manfiy chiqsa, mehmon mehmonxonaga joylashishi mumkin bo‘ladi. Test musbat chiqsa, kasalxonaga jo‘natiladi. Shifokorlar uning davolanishi kerakligi yoki mehmonxonada karantin o‘tashi borasida qaror chiqaradi.
Agarda turistning salomatligi xavf ostida bo‘lmasa, unga mehmonxonaning izolyatsiyalangan hududida yashashga ruxsat beriladi. Maxsus "salomatlik sertifikati"ga ega har bir mehmonxonada "karantin xonalari" tashkil etiladi.
Turistga shifokor yordami zarur bo‘lsa, u to‘liq tuzalgunicha kasalxonada bo‘ladi. Bunday holatlar uchun qo‘shimcha sug‘urta taklif qilinmoqda. Uch ming yevrogacha bo‘lgan tibbiy xarajatlarni qoplaydigan sug‘urta narxi 15, besh minggacha 19 va yetti minggacha 23 yevroni tashkil etadi. sug‘urta mexanizmi 1 iyuldan ishga tushadi.
Sug‘urtani aviabilet sotib olayotganda, aeroportlarda, onlayn va turoperatorlar orqali xarid qilish mumkin.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar