14:30 / 23.06.2020
2 357

Rossiyalik ekspert ochiq suv havzalarida koronavirus bilan kasallanish ehtimolini baholadi

Rossiyalik ekspert ochiq suv havzalarida koronavirus bilan kasallanish ehtimolini baholadi
Foto: «Kostroma.ru»
Ayni vaqtda koronavirus ochiq havzalarda cho‘milish orqali yuqishi mumkinligi to‘g‘risida ilmiy dalillar yo‘q. Bu haqda «Rospotrebnadzor» eksperti Mixail Lebedevga tayanib, «TASS» xabar berdi.

«Koronavirus insondan insonga, asosan, havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Ochiq suv havzalariga keladigan bo‘lsak, u yerda bakterial yoki parazit infeksiyasi bilan kasallanish ehtimolligi mavjud, biroq koronavirus emas», — deydi Lebedev.

Uning ta’kidlashicha, ochiq suv havzalariga juda ko‘p quyosh nuri tushgani sabab bu koronavirusning yo‘q bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Lebedevning qo‘shimcha qilishicha, suv orqali A gepatit virusi, parazit kasalliklar, o‘tkir ichak infeksiyalarini qo‘zg‘ovchilar yuqishi mumkin. Shu sababli ekspert «Rospotrebnadzor»ning hududiy organlaridan cho‘milish ruxsat etilgan suv havzalari ro‘yxatiga aniqlik kiritib olish lozimligi haqida ogohlantirgan.

Avvalroq olimlar basseyn va suv havzalari orqali koronavirus yuqtirib olish ehtimolini baholagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik ekspert ochiq suv havzalarida koronavirus bilan kasallanish ehtimolini baholadi